Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyasi” qo‘shma korxonasining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
01.10.2024 904 Yangiliklar

Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘llari kompaniyasi” vakolatxonasining ochilish marosimida Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Akilbek Japarov, Xitoy Xalq Respublikasining Rivojlanish va islohotlar davlat qo‘mitasi departamenti raisining o‘rinbosari Chjan Tszyanxua, "China Railway International" bosh direktori Chjou Sin, O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi Zufar Narzullayev ishtirok etishdi.

 

Tadbir doirasida Transport vaziri I.Maxkamov Xitoy Xalq Respublikasining Rivojlanish va islohotlar davlat qo‘mitasi departamenti raisining o‘rinbosari Chjan Tszyanxua, Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgabayevlar bilan uch tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

 

Muzokaralar davomida Qo‘shma korxona va Qirg‘iz Respublikasi Hukumati o‘rtasida tomonlarning ta’sis Bitimi, Qo‘shma korxona Nizomi hamda konsession bitim bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.