Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

XORAZMDA 35 NAFAR BEMOR TO‘LIQ TUZALDI

Chop etish Sahifani ulashish
22.04.2020 6303 Yangiliklar

Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolash jarayonida minglab tibbiyot xodimlarining matonati va fidoyiligiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz. Bunda mamlakatimizning barcha hududlarida shifokorlar astoydil mehnat qilishmoqda.

Jumladan, bugunning o‘zida Urgench shahar tibbiyot birlashmasidan 13 nafar, viloyat endokrinologiya dispanseridan 21 nafar, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 1 nafar, jami 35 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi.

Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida, Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan, maxsus dezinfeksiyalangan avtobuslarda viloyat IIB YHXB inspektorlari nazoratida reabilitatsiyaga kuzatildi.