Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

XORIJIY RUXSATNOMA BLANKALARINING BERILISHI BO‘YICHA O‘ZGARISHLAR

Chop etish Sahifani ulashish
06.02.2025 673 Yangiliklar

Milliy tashuvchilar bildirgan takliflarini inobatga olib, korxonalarga yanada kengroq imkoniyatlar, qulayliklar yaratish maqsadida ayrim davlatlarning xorijiy ruxsatnoma blankalarini berishda quyidagi tartib o‘rnatildi.

 

Rossiya ruxsatnomalari – xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida;

 

Ozarbayjon ikki tomonlama ruxsatnomalari – eksport deklaratsiyasi asosida;

 

Polsha ikki tomonlama/tranzit ruxsatnomalari – yo‘nalish bo‘yicha ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lganda eksport deklaratsiyasi, u yerdan qaytish bo‘yicha xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida arizaga biriktirgan holda;

 

Polsha universal ruxsatnomalari – yo‘nalish bo‘yicha ruxsatnoma blankalari mavjud bo‘lganda, xalqaro tovar-transport yuk xati (CMR) asosida beriladi;

 

Rossiya, Ozarbayjon, Xitoy, Polsha, Litva, Estoniya, Vengriya, Slovakiya, Italiya, Germaniya davlatlari ruxsatnomalaridan tashqari barcha davlat ruxsatnomalari asl nusxasini vazirlikka  topshirish amaliyotidan voz kechildi va ularning elektron nusxasini “Е-avto ruxsatnoma” AATga yuklagan holda foydalanilganligi bo‘yicha tizimdan chiqariladi.