Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni katta tantana qilinmoqda.
14-yanvar Milliy armiyamizda xizmat qilayotgan harbiylarnigina emas, balki yurt tinchligi va osoyishtaligiga mas’ul bo‘lgan har bir vatandoshimiz uchun faxrlanib nishonlanadigan bayramdir.
Shu munosabat bilan Transport vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni safarbarlikka tayyorgarlik bo‘limi boshlig‘i iste’fodagi polkovnik Shuhrat Dadaxanov ochib berdi. Tadbirda ta’kidlanganidek, bugun mamlakatimizda harbiy xizmatning obro‘-e’tibori oshib, armiya va xalq birligi yangicha mazmunga ega bo‘lmoqda.
Bu esa yoshlarimiz qalbida armiya bilan faxrlanish tuyg‘usi, Vatan himoyasidek oliyjanob kasbga hurmat-ehtirom hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Zero, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanib, jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi podpolkovnigi Sherzod Ahmedov hamda kapitan Farhod Norpo‘latovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.