Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya targ‘iboti

Chop etish Sahifani ulashish
08.09.2023 2858 Yangiliklar

Bugun Transport vazirligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilariga yetkazish maqsadida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

 

Davlatimiz rahbarining "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarida vazirlik hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.

 

Seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish va yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini to‘liq ochib berishdan iborat bo‘lib, barchaga birdek daxldor me’yorlarni jamlagan huquqiy hujjatni ko‘rib chiqish kun tartibining asosiy mavzusi bo‘ldi.

 

Zero, boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi.

 

Tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari 2023 - yil 1 - maydan kuchga kirgan Bosh Qomusimizga kiritilgan eng muhim o‘zgartishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

 

Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanib, insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan normalarning belgilanganligi, inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi to‘g‘risida tushunchalar berdi.