Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yangi yo‘nalishli taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
16.12.2019 6762 Yangiliklar

Aholidan kelib tushayotgan ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda hamda Toshkent shahar aholisiga qulaylik yaratish maqsadida, Toshkent shahar transport boshqarmasining 2019 yil 16 dekabrdagi 100-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek qo‘rg‘onidan Buyuk ipak yo‘li metrosiga harakatlanuvchi yangi 45M-sonli "Mirzo Ulug‘bek qo‘rg‘oni - Buyuk ipak yo‘li metrosi" yo‘nalishli taksi yo‘nalishi tashkil etildi. 45M-sonli yo‘nalishli taksi yo‘nalishi 8 ta jadval asosida 11-12 daqiqalik interval bilan "OQ YO'L AVTO TRANS" MChJga tendergacha vaqtinchalik biriktirildi. Yo‘nalish 2019 yilning 17 dekabr sanasidan "Mirzo Ulug‘bek qo‘rg‘oni - Buyuk ipak yo‘li metrosi" oralig‘ida harakatlana boshlaydi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati