Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi bilan hamkorlik

Chop etish Sahifani ulashish
12.11.2024 392 Yangiliklar

11-noyabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Yaponiyaning Sojitz korporatsiyasi Bosh menejeri Masayoshi Xirosi bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish, aeroportlarni modernizatsiya qilish hamda temir yo‘l sohasiga ilg‘or tajribalarni tatbiq etishda hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdi.

 

Eslatib o‘tamiz, Sojitz korporatsiyasi Yaponiyaning eng yirik savdo sotiq, investitsiya kompaniyalaridan biri hisoblanib, faoliyati iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi. Uning 50 ta mamlakatda 80 dan ortiq vakolatxonalari mavjud. Kompaniya mashinasozlik, aeroport, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, kimyo, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi sohalarida faol ishlaydi.