Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Yashil" transportni rivojlantirishda xalqaro tajriba

Chop etish Sahifani ulashish
23.09.2024 835 Yangiliklar

«TAILEV» loyihasi doirasi Transport vazirligi xodimlari London shahrida tashkil etilgan “Elektr mobillikka investitsiyalar ko‘lamini oshirish” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda ishtirok etdi.

 

GEF va YTTB tomonidan tashkil etilgan mazkur seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad, elektr mobillikni moliyalashtirish ko‘lamini kengaytirish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, elektron mobillikni joriy etishda shahar va davlat idoralarining roli masalalarida to‘plangan eng ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda gender jihatlarga e’tiborni qaratishdan iborat.

 

Seminar-treningda O‘zbekiston, Livan, Iordaniya, Armaniston, Albaniya kabi davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar elektrobuslarni xarid qilish jarayonlari, elektrobus xaridi va jamoat transportini moliyalashtirishda turli xil yondashuvlar, xalqaro moliyaviy institutlar va donor tashkilotlardan imtiyozli kredit hamda grantlarni jalb qilish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ldilar.

 

Seminar doirasida Londonda joylashgan avtobus saroylaridan biriga tashrif buyurilib, saroy va tashuvchi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

 

Shuningdek, seminar davomida O‘zbekistonning elektron mobillik sohasida erishilgan yutuqlari, mavjud to‘siqlar, imkoniyatlar va tajribalari seminar ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashildi. Ushbu sohadagi O‘zbekiston tajribasi ishtirokchilar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.