Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

YeTTB bilan hamkorlikdagi istiqbolli loyihalar muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
17.10.2024 1126 Yangiliklar

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining bank ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Matteo Patrone bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda 2024 – 2025 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalar, jumladan, Samarqand, Namangan va Nukus shaharlariga elektrobuslar xarid qilish, shuningdek, Samarqandda tramvay qatnovini rivojlantirish loyihalari muhokama qilindi.

 

M.Patrone YeTTBning umumiy portfelida transport loyihalarining ulushi salmoqli ekanligini alohida qayd etdi va temir yo‘l transporti sohasida hamkorlikdagi loyihalarni rivojlantirishga qiziqish bildirdi.

 

Shuningdek, tomonlar Toshkent – Samarqand pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar ahamiyatini alohida qayd etib, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini yakunlashni tezlashtirishga kelishib oldilar.