Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

YeTTB bilan hamkorlikdagi loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama etildi 

Chop etish Sahifani ulashish
12.11.2024 992 Yangiliklar

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov hamda YeTTBning Barqaror infratuzilma guruhi Yevrosiyo infratuzilmasi direktori Yekaterina Miroshnik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

 

Uchrashuvda Samarqand viloyatiga yangi elektrobus xarid qilish loyihasining birinchi bosqichi amalga oshirilgani va ikkinchi bosqichda yana 250 dona elektrobus olib kelinishi rejalashtirilgani ta’kidlab o‘tildi.

 

Shuningdek, tomonlar mazkur loyihani Namangan va Nukus shaharlarida ham amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

 

Uchrashuv davomida tomonlar Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama etishdi. Bugungi kunda loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi hamda YETTBning mazkur loyihani moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasida fikr almashildi.

 

Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.