Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

YeTTB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
28.01.2025 332 Yangiliklar

Joriy yil 27-yanvar kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov YeTTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori va rahbari Andi Aranitasi bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda mamlakatimiz transport infratuzilmasi rivojlantirish yo‘nalishida YeTTB ishtirokidagi joriy investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayoni va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

 

Jumladan, “yashil” jamoat transporti ulushini oshirish bo‘yicha Samarqand shahriga elektrobuslar xarid qilishining I va II fazalari, Namangan va Nukus shaharlari uchun elektrobuslar xarid qilinishi, "Urganch shahri – Xonqa shahri – Hazorasp shahri – Toshsoqa – Amudaryo – A380 avtomobil yo‘li"ning 4R 156 0 – 84 km (84 km) qismini rekonstruksiya qilish hamda  "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJni raqamlashtirish yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni jadallashtirishga kelishib oldi.