Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yevropa bilan hamkorlikda Transkaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish imkoniyatlari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
06.11.2024 524 Yangiliklar

Bugun, 6-noyabr kuni Toshkentda EUROUZ Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 2024-yilgi Yevropa iqtisodiy kunlari doirasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Transkaspiy yo‘lagi (O‘rta yo‘lak) salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov so‘zga chiqib, Transport vazirligi tomonidan mazkur yo‘lakni rivojlantirish va salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi. M.Omarov o‘z nutqida transport infratuzilmasini kengaytirish va transport bog‘liqligini mustahkamlash mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishida hal qiluvchi rol o‘ynashi ta’kidladi.

 

Shu nuqtayi nazardan, Transkaspiy transport yo‘lagining barqarorligini oshirish va uni Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan multimodal marshrutga aylantirish ikki mintaqa o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

 

Shuningdek, vazir birinchi o‘rinbosari M.Omarov Yevropa biznes uyushmasi vakillari bilan ham ikki tomonlama muzokaralar olib bordi. Muzokaralarda O‘zbekistonda transport infratuzilmasini yaxshilash borasida o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.