Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yo‘l aktivlarini boshqarish bo‘yicha seminar-trening

Chop etish Sahifani ulashish
05.09.2024 767 Yangiliklar

Transport vazirligi, CAREC instituti hamda Osiyo Taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Yo‘l aktivlarini boshqarish” bo‘yicha seminar-trening o‘tkazmoqda.

 

Mazkur seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad Transport vazirligi va tizim tashkilotlari mutaxassislarini “Yo‘l aktivlarini boshqarish” bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda xorijiy tajribani o‘rganishdan iborat.

 

CAREC instituti professor va olimlari tomonidan seminar ishtirokchilariga Yo‘l aktivlarini boshqarishning hozirgi amaliyoti, rivojlantirish yo‘nalishlari, aktivlarni boshqarish axborot tizimlari hamda aktivlarni takomillashtirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda.