Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini nazorat qilish inspektorlari hamda viloyat IIB YHXB bilan hamkorlikda yo‘l- transport hodisalarining oldini olish maqsadida viloyat hududidan o‘tgan xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llarda va mahalliy yo‘nalishda qatnovchi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan transport vositalari haydovchilari bilan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ushbu tadbirlarda asosiy e’tibor yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport vositalarining texnik sozligi, uzoq masofaga ketayotgan haydovchilar charchagan vaqtlarida transport vositasini boshqarish uchun yordamchi haydovchilarning mavjudligi, hujjatlarning to‘liqligi tekshirilmoqda. Shuningdek, safar davomida yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etgan holda yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz etkazib qo‘yishni tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, tegishli hujjatlarsiz, texnik nosoz avtoransport vositalarini boshqargan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar qo‘llanilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati