Yoshlar – bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish tashkilotlarida yaratilgan boshlang‘ich sharoitlardan xabardor qilish, bitiruvchi yoshlarni ishga joylashishida ko‘maklashish, qolaversa, mamlakatimiz aviatsiya sohasida olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choryiev boshchiligida mamlakatimiz aviatsiya sohasidagi tashkilot rahbarlarining Toshkent davlat transport universiteti Aviatsiya muhandisligi talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan mamlakatimiz aviatsiya sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK direktori Doniyor Djumayev, “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Javlonbek Umarxo‘jayev, “Uzbekistan Airways” qoshidagi “O‘quv mashg‘ulot markazi” MChJ direktori Stanislav Gurfinkel, “O‘zaviatsiya” agentligi direktor o‘rinbosari Oleg Lim, “Uzbekistan Airways Technics” MChJ sifat bo‘yicha Bosh menejeri Farrux Tagaymuradovlar aviatsiya korxonalarida olib borilayotgan ishlar, yoshlarga berilayotgan alohida e’tibor va ularga yaratib berilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berishdi.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob olishdi.
Uchrashuv yakunida universitetida tahsil olish davomida o‘qish va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida soha tashkilotlari tomonidan 88 nafar yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirldi.