Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yunusobod metrosining yangi liniyasini qurish uchastkasida ro’y bergan avariya holati to'g'risida

Chop etish Sahifani ulashish
18.12.2019 6806 Yangiliklar

Bugun, 18 dekabr kuni kuchli yog'imgarchilik oqibatida Yunusobod metrosining yangi liniyasining ochiq qurish uchastkasida avariya holati (qisman qulashi) sodir bo'ldi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari – Transport vaziri A.J.Ramatovning shaxsiy nazorati ostida hizmat tekshiruvi o'tkazilmoqda.
"O'zbekiston temir yo'llari"AJ raisi X.N.Xasilov voqea joyida. Vaziyat va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar o'rganilmoqda va boshqa masalalar tezkorlik bilan hal etilmoqda.
Tergov natijalari tez orada jamoatchilikka taqdim etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati