Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglament

Chop etish Sahifani ulashish
10.05.2024 2221 Yangiliklar

Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.

 

Ushbu reglament yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti xavfsizligiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.

 

Yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentda quyidagilar belgilangan:

 

- yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti infratuzilma obyektlari va temir yo‘l harakatdagi tarkibi xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar;

 

- yuqori tezlikdagi temir yo‘l transporti infratuzilma obyektlari va temir yo‘l harakatdagi tarkibining muvofiqligini baholash;

 

- texnik reglament talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazorati.

 

Texnik reglament loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.