Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash doimiy nazoratda

Chop etish Sahifani ulashish
08.08.2024 956 Yangiliklar

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev raisligida “Toshkent – Samarqand – Qarshi” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Komissiya tomonidan 126-diagnostika laboratoriyasi orqali “Toshkent – Samarqand – Qarshi” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar nazorat qilib chiqildi.

 

“Yo‘lning sozligini o‘lchaydigan laboratoriya vagoni” yordamida poyezdlarning tekis va ravon harakatlanishini ta’minlashda to‘siq bo‘ladigan kamchiliklarni aniqlab, ularni zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi hamda strelkali o‘tkazgichlar, avtomobil yo‘llari bilan kesishmalarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.