Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Toshkent-Kam ugderodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)” loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishi

Chop etish Sahifani ulashish
28.12.2022 3379 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamkorligida “Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Muvofiqlashtiruvchi kengash loyihaning barcha manfaatdor tomonlari, xususan, Transport vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, vazirlik va idoralar va boshqa tashkilot vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan bo‘lib, loyiha ustidan umumiy rahbarlikni ta’minlaydi, loyiha doirasidagi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda loyihani amalga oshirilishini tahlil qilib boradi.


Yig‘ilish davomida Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilayotgan “Yashil shahar transport yo‘lagi” loyihasi, mazkur yo‘lakda qatnovchi elektrobuslar va ularni quvvatlash stantsiyalari turlari hamda loyihani amalga oshirish davomida yuzaga kelayotgan boshqa masalalar muhokama qilindi.


Shuningdek, yig‘ilishda 2022-yilda Loyiha doirasida bajarilgan ishlar 2023-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar hamda tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2023-yilga mo‘ljallangan loyiha byudjeti ko‘rib chiqildi.