Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jakarta – Buxoro – Jakarta yo‘nalishida aviaqatnovlarni tashkil etish imkoniyatlari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
18.10.2022 3223 Yangiliklar

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, «Uzbekistan Airports» AJ, Buxoro xalqaro aeroporti, O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi rahbariyati va mamlakatimiz sayyohlik kompaniyalari vakillari Indoneziyaning «Garuda Group» aviakompaniyasi prezidenti va bosh direktori Irfan Setiaputra bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari va istiqbollari muhokama etildi. Xorijiy aviakompaniya vakillariga so‘nggi yillarda mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

 

Uchrashuv davomida O‘zbekiston sayyohlik kompaniyalari tomonidan Jakarta – Buxoro – Jakarta yo‘nalishida muntazam aviaqatnovni tashkil etish taklif etildi.

 

«Garuda Group» kompaniyasi rahbariyati mazkur taklifning iqtisodiy samaradorligini baholash maqsadida birinchi navbatda bozor va mavjud talabni o‘rganish uchun charter qatnovlarini tashkil etishni ko‘rib chiqishni ma’lum qildi.