Transport vaziri o‘rinbosari Rahmonbek Usmonov boshchiligidagi ishchi guruhi Jizzax viloyatida aholi punktlarining jamoat transporti qatnovi bilan qamrab olinganligi holatini o‘rganish maqsadida G‘allaorol tumaniga tashrif buyurdi.
Tumanning eng olis “Jiydali” MFY tuman markazidan 70 km. uzoqda joylashgan bo‘lib bu yerda ham aynan trasnport sohasida qator muammolar mavjud ekanligi o‘rganishlar davomida oydinlashdi. Aholiga qulaylik yaratish, yo‘lovchilar uzog‘ini yaqin qilish maqsadida mazkur hududda 2 ta yo‘nalish ochish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Viloyatning Zarbdor tumani “Adrobod” va “Oqar” MFY raislari va aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ham transport qatnovi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Zomin tumanining “Taraqqiyot” va “Bog‘ishamol” MFY hududida barpo etilayotgan shohbekat va yangi bekatning qurilish jarayonlari bilan tanishildi.
Shuningdek, Transport vaziri o‘rinbosari R. Usmonov boshchiligida Jizzax shahar hokimi, viloyat YPX va transport boshqarmasi rahbarlari ishtirokida transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda korxonalar faoliyatida duch kelayotgan muammolar hamda ularning yechimi yuzasidan takliflar atroflicha muhokama qilindi.