Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“TOSHKENT” avtovokzali

Chop etish Sahifani ulashish
24.12.2019 30444 Yangiliklar

To‘liq rekonstruksiya qilinib, yangicha qiyofa kasb etgan «Toshkent» avtovokzali rasman 2019 yilning 10 may kunidan e’tiboran yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Avtovokzalda yo‘lovchilar uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Mehmonxona, ona va bola hamda tibbiyot xonalari, savdo do‘konlari, ayollar va erkaklar uchun alohida namozxona tashkil etilgan.

Bu yerda bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Avtovokzalda 31 ta perron va 80 ta avtobus uchun joy mavjud.

Bugungi kunda “Toshkent” avtovokzalidan 21 ta shaharlararo va 12 ta xalqaro yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.