Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yoshlar markazi yangiliklari

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 10-sentyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 44-sonli bayonining 29-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlar va yirik korxonalar rahbarlariga joriy yil oktyabr oyidan boshlab Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etish vazifasi belgilangan.
     Shu munosabat bilan, topshiriq ijrosini o‘z vaqtida va samarali bajarish hamda uchrashuvlarni yuqori darajada tashkil etish maqsadida Transort vazirligi rahbariyati hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablarda tahsil oluvchi yoshlari bilan muntazam uchrashuvlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlab chiqilgan grafik-rejaga asosan 2021-yil 16-dekabr kuni yoshlarning fikr-mulohazalari, taklif va istaklari, intilishlari bilan yaqindan tanishish hamda sohadagi isloxotlar bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari J.Choriyev hamda  Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

 

photo_2022-03-09_18-28-19

 

     Mazkur tadbirda 40 nafar iqtidorli o‘quvchilarga transport sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro transport va logistikani rivojlantrishning dolzarbligi, ahamiyati hamda unda yurtimizni tutgan o‘rni, vazirlik tomonidan iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

     Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, duch kelayotgan muammolarga yechimlar bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘ldilar.

 

photo_2022-03-09_18-28-25

 

      Tadbir yakunida qiziqarli takliflar bergan hamda faol bo‘lgan o‘quvchilar Transport vazirligi nomidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 

photo_2022-03-09_18-28-38