1. 2022-yil 21-martda Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-512 reysi bajarilayotgan “Uzbekistan Airways” AJning Boing-787 UK78701 havo kemasi bilan sodir bo‘lgan aviatsiya hodisasi bo‘yicha xizmat tekshiruvi «Uzbekistan Airways» AJ Boshqaruvi Raisi buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra Boing-787 UK78701 havo kemasi Seul aeroportidan uchib chiqib yana Seul aeroportiga qaytadan qo‘nishi havo kemasining oldi oynasi darz ketishi sabab bo‘lgan.
Tekshiruv natijasi bo‘yicha hisobotning to‘liq matni rus tilida berilgan.
2. 2022-yil 26-fevralda Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-3332 charter reysi bajarilayotgan “Uzbekistan Airways” AJning Boing-767 UK 67003 havo kemasi bilan sodir bo‘lgan aviatsiya insidenti tekshiruvi Transport vazirining buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra aviatsiya insidenti Boing-767 UK 67003 havo kemasi Toshkent aeroportiga qo‘nish uchun pasayish jarayonida qush bilan to‘qnashishganligi sababli sodir bo‘ldi va havo kemasida radiolokator qoplamasining shikastlanishi va almashtirilishi olib keldi.
Tekshiruv natijasi bo‘yicha hisobotning to‘liq matni rus tilida berilgan.
3. 2022-yil 1-yanvarda Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY-3548 charter reysi bajarilayotgan “Uzbekistan Airways” AJning Boing-767 UK 67002 havo kemasi bilan sodir bo‘lgan aviatsiya insidenti tekshiruvi Transport vaziri o‘rinbosari buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra aviatsiya insidenti Boing-767 UK 67002 havo kemasi Barselona aeroportida uchish vaqtida qush bilan to‘qnashishganligi sababli sodir bo‘ldi va o‘ng (2) dvigatelining ikki parragi shikatslanishiga olib keldi.
Tekshiruv natijasi bo‘yicha hisobotning to‘liq matni rus tilida berilgan.