Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Aeroport xizmatlari bozorini rivojlantirishda Malayziya tajribasidan foydalaniladi

Chop etish Sahifani ulashish
13.10.2022 6241 Yangiliklar

 

Joriy yilning 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda «Uzbekistan Airports» AJ mas’ullari «Malaysia Airports Holdings Berhad» kompaniyasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi.

 

Muzokarada tomonlar O‘zbekistonda aeroport xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, ushbu yo‘nalishda ilg‘or Malayziya tajribasini respublikada joriy etish masalalarini muhokama etishdi.

 

«Uzbekistan Airports» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Javlon Umarxodjayev mamlakat aeroportlarini rivojlantirish strategiyasi hamda DXSh asosida Buxoro xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqaruv jarayoniga xususiy sherikni jalb etish mexanizimi to‘g‘rsida taqdimot o‘tkazdi.

 

Shuningdek, mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasi sohasi korxonalarini jahon aviatashuvlari bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash uchun ushbu sohadagi transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, aviatsiya xizmatlarini diversifikatsiya qilish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va narxi bo‘yicha aholiga maqbul sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

 

Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti bosh direktori Shahrunnizam Abdul Jamil mamlakatimizda yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholar ekan, «Malaysia Airports Holdings Berhad» kompaniyasi o‘zbekistonlik hamkorlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Malayziya kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish hamda DXSh tamoyillariga muvofiq modernizatsiya va boshqarish uchun taklif etilayotgan aeroportlarning mavjud infratuzilmasi bilan tanishish bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.