Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil transportida xalqaro tashuvlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda  

Chop etish Sahifani ulashish
05.02.2022 6748 Yangiliklar

 

Koronavirus pandemiyasi tufayli o‘rnatilgan cheklov choralari jarayonida Turkmaniston Respublikasi bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari barqarorligini hamda yuklarni yetkazib berish zanjiri uzluksizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Pandemiya boshlangandan buyon Turkmaniston Respublikasiga kirib-chiqish cheklanganligi tufayli ushbu mamlakat orqali tashiladigan yuk ortilgan tirkamalar kontaktsiz almashish yo‘li orqali O‘zbekiston Respublikasi chegarasida milliy tashuvchilar tomonidan tashilmoqda. Vazir o‘rinbosari dastlab Olot chegara bojxona postida bo‘lib u yerdagi vaziyatni o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari mas’ullari bilan uchrashib, chegara postiga kirishda yuk transport vositalarilari tirbandligi vujudga kelishining oldini olish maqsadida ikki davlat chegarasi o‘rtasidagi neytral hududda yuk avtotransportlarini joylashtirish uchun to‘xtash joyi tashkil etish masalasi muhokama etildi.

Safar davomida Turkmaniston Respublikasi mas’ullari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi. Unda tirkamalarni O‘zbekistondan olib ketish imkoniyatlarini oshirish, kunlik olib chiqib ketiladigan tikaramalar sonini ko‘paytirish, tashuvlarni o‘zaro shartnoma asosida olib borish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasiga a’zo bo‘lgan korxona rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Transport vazirligi, viloyat transport boshqarmasi hamda uyushma mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda xalqaro yuk tashuvlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ish faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar muhokam etildi. Uchrashuvda ko‘tarilgan masalalarning yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.