Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibli tashkil etish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
26.02.2025 666 Yangiliklar

Yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablar ijrosi hamda sohada qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida qo‘shma reyd tadbirlari olib borildi.

 

Unda Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyati hududiy bo‘limi hamda viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan aholiga pullik transport xizmatini ko‘rsatuvchi transport vositalarining me’yoriy hujjatlari ko‘zdan kechirildi.

 

Qo‘shma reyd davomida tegishli litsenziyaga ega bo‘lmasdan yo‘lovchilarga pullik transport xizmati ko‘rsatish holatlari aniqlanib, ularga belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.