Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«Boeing» kompaniyasi bilan hamkorlik masallari muhokama etildi

Chop etish Sahifani ulashish
05.03.2020 10113 Yangiliklar

Bugun transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘anyiev «Boeing» kompaniyasi vitse-prezidenti  Gregori Lekston bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Gregori Lekston janoblari O‘zbekiston mintaqadagi mamlakatlar orasida aviaparkida Boeing 787 Dreamliner samolyotlari eng ko‘p davlat ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘anyiev «Boeing» kompaniyasi bilan o‘zaro ishonchli va samarali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, bu yo‘nalishda birgalikda ishlash har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.