Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Elektrobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajriba o‘rganilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
12.05.2023 3893 Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

 

Turkiyaning Izmir shahrida tashkil etilgan “Elektrobuslarni xarid qilish, rejalashtirish va moliyalashtirish” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda Transport vazirligi va “Toshshahartransxizmat” AJ xodimlari ishtirok etdi.

 

Mazkur seminar-trening Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki xamda Jamoat transporti xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, elektrobuslar parki joriy etilayotgan shaharlarga eng ilg‘or xorijiy tajriba va bilimlarni ulashish orqali ko‘maklashishga qaratilgan.

 

Trening davomida tinglovchilar elektrobuslarni xarid qilish jarayonlari, quvvatlash tizimini samarali tashkil etish, elektrobus xaridi va jamoat transportini moliyalashtirishda turli xil yondashuvlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

 

Shuningdek, trening dasturi doirasida ishtirokchilar Izmir shahridagi eng yirik transport operatori hisoblangan "ESHOT" tashkilotining avtobus saroyiga tashrif buyurib, elektrobuslar infratuzilmasi bilan yaqindan tanishishdi.