Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘onadan Samarqandga Tojikiston orqali avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
12.08.2022 4832 Yangiliklar

 

 

Bugun erta tongda Farg‘ona avtoshoh bekatidan “Uzautotrans service” korxonasiga tegishli Yutong rusumli avtobus Farg‘ona – Samarqand yo‘nalishida ilk texnik qatnovni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi.

 

Transport vazirligi Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi mutasaddilari hamda bir guruh viloyat faollari va nuroniylar ushbu qatnovning ilk yo‘lovchilari sifatida manzilga yetkaziladi.

 

Farg‘ona – Samarqand yo‘nalishida ilk texnik qatnov Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati Xo‘jand shahri orqali tranzit amalga oshirilmoqda.

 

Farg‘ona – Samarqand avtobus yo‘nalishi masofasi 618 km bo‘lib, mazkur masofani bosib o‘tish uchun 12 soat 50 daqiqa sarflanadi.