Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Fuqaro aviatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Koreya aerokosmik universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Chop etish Sahifani ulashish
04.11.2022 3567 Yangiliklar

 

Bugun, 4-noyabr kuni transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov Koreya aerokosmik universiteti rektori Xu Xi Yong boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda Koreya aerokosmik universiteti bilan hamkorlikda fuqaro aviatsiyasi sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

 

Dastlab uchrashuvda transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov mamlakatimizda aviatsiya bozorini liberallashtirish va raqobatni rivojlantirish maqsadida fuqaro aviatsiyasi tizimida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi. Ushbu jarayonda esa yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab kun sayin ortib borayotgani va soha uchun professional kadrlarni tayyorlash dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

O‘z navbatida Koreya aerokosmik universiteti rektori Xu Xi Yong mamlakat fuqaro aviatsiya sohasi uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini qayd etdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.