Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi

Chop etish Sahifani ulashish
13.01.2023 2883 Yangiliklar

 

Shu kunlarda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kuzatilayotgan kuchli sovuq tufayli yo‘llarda muzlamalar hosil bo‘lib, avtotransport vositalarida texnik nosozliklar kelib chiqishi natijasida yo‘lovchilar qiyin vaziyatlarga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda.

 

Xususan, joriy yilning 12-yanvar kuni Qozog‘istondagi «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 819-kilometrida «Krasnodar-Sariog‘och» xalqaro yo‘nalishida harakatlangan, ichida O‘zbekistonning 31 nafar fuqarosi bo‘lgan avtobus to‘xtab qoldi.


Avtotransport vositasi yo‘lda qolib ketishiga kuchli sovuq tufayli dizel yonilg‘isi muzlab qolgani sabab bo‘lgan. Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be oblasti Xromtau rayoni qutqaruvchilari yo‘lovchilarni Xromtau shahridagi "Sherxon" kempingiga joylashtirishgan. Jabrlanganlar yo‘q, yo‘lovchilarning issiqlik ta’minoti nazoratga olingan.

 

Noqulay ob-havo sharoitini inobatga olib, yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari joriy yil 13-yanvardan vaqtinchalik to‘xtatildi.