Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

InnoTrans-2022: Istiqbolli muzokaralar va xushxabarlar

Chop etish Sahifani ulashish
20.09.2022 3355 Yangiliklar

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy delegatsiyasi Berlin shahrida o‘tayotgan InnoTrans 2022 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Germaniyaga yetib bordi



Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 19 - sentabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yana-da oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida, temir yo‘l tarmog‘iga oid berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash, xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashish, ishlab chiqaruvchilar bilan yaqin aloqalar o‘rnatish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi v.b. X.N.Xаsilov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Berlin shahrida o‘z ishini boshlagan “InnoTrans 2022” Transport texnologiyalari xalqaro savdo yarmarkasiga tashrif buyurdi.



Mazkur nufuzli tadbirda qatnashayotgan delegatsiya aʼzolari, bugunning o‘zida Fransiyaning «Alstom», Germaniyaning «Siemens», Ispaniyaning “SAF”, Shveysariyaning «Stadler», Chexiyaning «Skoda», Janubiy Koreyaning «Hyundai» kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan yangi elektropoyezdlar hamda zamonaviy yo‘lovchi vagonlarni xarid qilish bo‘yicha qizg‘in muzokaralar olib borishmoqda.



Uchrashuvlar natijasiga ko‘ra Respublikaning barcha viloyatlari orqali to‘laqonli temir yo‘l qatnovlarini taʼminlash uchun 34 ta elektropoyezd, 6 ta dizel poyezdi hamda kamida 100 ta yangi zamonaviy turdagi yo‘lovchi vagonlarni xarid qilish mo‘ljallangan.