Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jamoat transportlarida dezinfektsiya ishlari amalga oshirilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
17.03.2020 6456 Yangiliklar

Mamlakatimizga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturidagi tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, chegara hududlarida fuqarolarning kirib-chiqishi bilan bog‘liq jarayonlar qat’iy nazoratga olingan bo‘lsa, mamlakat ichkarisida esa virus tarqalishining olidini olish bo‘yicha turli dezinfektsiya ishlari yanada kuchaytirilmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan "Toshshaxartransxizmat" AJ tassarufidagi avtobuslarda maxsus sanitariya tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, gigenik-sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida viloyatlardagi jamoat transporti vositalarini ham dezinfektsiya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu borada viloyat transport boshqarmalari rahbariyati, viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib borishyapti. Hududlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga bu bo‘yicha zarur tushuntirish berilib, ishlar samarali tashkil etilmoqda.

Erta tongdan yo‘nalishga chiqayotgan jamoat transportlari avtobuslar, mikroavtobuslar belgilangan tartibda dezinfektsiya qilinmoqda. Bu kabi tadbirlardan maqsad, nafaqat koronavirusning aholi o‘rtasida tarqalishi, balki, boshqa yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.