Halollik inson ma’naviy qiyofasidagi eng muhim fazilatlardan biri. Ertamiz kelajagi bo‘lgan yoshlarda “halollik vaksinasini” shakllantirish, yoshlarning korrupsiyaga qarshi faolligini oshirish maqsadida Transport vazirligi tomonidan Toshkent davlat transport universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Jamiyat hayotining ochiq va shaffof bo‘lishi korrupsiyaga barham beradi, islohotlar natijadorligini ta’minlaydi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda vazirlik mutaxassislari, huquqshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
Dastavval mamlakatimizda ayni sohada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar e’tirof etildi. So‘nggi yillarda ushbu illatga qarshi kurashish borasida qonun hujjatlari qabul qilingani, ularning ijrosi yuzasidan keng ko‘lamli ishlar qilinayotgani aytildi. Korrupsiyaning oldini olishda jamoatchilik nazorati muhimligi, ayniqsa bu jarayonda yoshlarning faolligini oshirish dolzarb ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tadbir ishtirokchilarga korrupsiya va uning kelib chiqish sabablari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik, korrupsiyaviy xatti-harakatlar uchun javobgarlik turlari hamda ushbu illatga qarshi kurashishda mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati yetkazildi.
Shu bilan birga, yoshlarni ushbu illatdan himoya qilish va yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida Transport tizimida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir jonli muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtiruvchi savollar yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.