Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Maxsus-taktik o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
27.05.2021 4743 Yangiliklar

 

Bugun, 27- may kuni “UAT” MChJ, “Uzbekistan airways” AJga qarashli obyektlarda “Zilzila va yong‘in oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Maxsus-taktik o‘quv mashiqida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, “UAT” MChJ xodimlari va tegishli idora va tashkilotlardan jalb etilgan maxsus texnika va mutaxassislar ishtirok etdi.

O‘quv mashqi boshlanishidan oldin barcha xizmatlar o‘zlarining kuch vositalari bilan saf tortib, maxsus texnika vositalari shay holga keltirilib, ularning tayyorgarligi yuzasidan savol-javoblar, suhbatlar o‘tkazilib, o‘quv mashqlari o‘tkazilishiga kirishildi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqlari mobaynida mas’ul xizmatlar tuzilmalari shaxsiy tarkibining harakatlari, biriktirilgan maxsus asbob-anjom va himoya vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari hamda tuzilmalarni favqulodda vaziyatlarda hamkorlikda harakati kuzatib borildi va qoniqarli baholandi.

Mashq yakunida esa yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.