Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashining 41-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
23.12.2021 5212 Yangiliklar

 

Joriy yilning 22 - dekabr kuni videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ishtirok etdi.

Rossiya Federatsiyasi Transport vaziri Vitaliy Savelyev raisligida bo‘lib o‘tgan tadbirda 2021 - yilda amalga oshirilgan ishlar natijalari, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy hamda navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev o‘z nutqida yig‘ilish ishtirokchilarini MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashi tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi. O‘zbekiston tomoni tashkilotga a’zo davlatlar bilan transport aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha faol hamkorlikni amalga oshirishga tayyor ekanini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, vazir o‘rinbosari o‘z nutqi davomida tomonlar bilan kelishilgan holda MDH Muvofiqlashtiruvchi transport kengashining navbatdagi sessiyalarini Toshkent shahrida o‘tkazilishini ko‘rib chiqishni taklif etdi.

Yig‘ilish yakunida tomonlar 2030 - yilgacha bo‘lgan davrda MDHni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining birinchi bosqichini (2021 - 2025 yy.) amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi bandlari va 2030 - yilgacha bo‘lgan davrda MDHga a’zo davlatlarning transport sohadagi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.