Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA

Chop etish Sahifani ulashish
21.01.2025 252 Yangiliklar

Quyidagi davlatlarning ruxsatnoma blankalari taqsimlash shartlari (formula) asosida milliy tashuvchilarga beriladi:

 

Rossiya Federatsiyasining – uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;

 

Polsha Respublikasining – ikki tomonlama/tranzit va ikki tomonlama/tranzit/ uchinchi davlatga/dan (universal) yuk tashish uchun;

 

Ozarbayjon Respublikasining – ikki tomonlama va uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun;

 

Latviya Respublikasining – ikki tomonlama/tranzit/ uchinchi davlatga/dan (universal) yuk tashish uchun.

 

Eksport yuklari tashuvlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida

 

Litva Respublikasining – tranzit yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalari milliy tashuvchilarning arizasiga muvofiq (eksport bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etgan holda) beriladi.

 

Litva Respublikasining – uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalari milliy tashuvchilar arizasiga asosan (xalqaro tovar-transport yuk xatini taqdim etgan holda) beriladi.