Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“O‘zaviatsiya” agentligi inspektorlari Fransiya Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti sertifikatlarini oldi

Chop etish Sahifani ulashish
27.02.2023 2686 Yangiliklar

 

Joriy yilning 24-fevral kuni “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez xonim bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan “Fuqaro aviatsiyasi sohasida texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv” ni amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama etildi.

 

Uchrashuv davomida ishtirokchilar Fransiya Fuqaro aviatsiyasi Bosh Boshqarmasi hamkorligida Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti (ENAC) tomonidan “O‘zaviatsiya” agentligida o‘tkazilgan o‘quv kurslarining yakuniga bag‘ishlangan rasmiy Sertifikatlar topshirish tadbirida ishtirok etishdi.

 

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez xonim “O‘zaviatsiya” agentligi hodimlarini o‘quv kurslarida muvaffaqiyatli ishtiroklari bilan tabrikladi va Fransiya Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti  sertifikatlarini topshirdi.