Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya" muloqot formatining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Chop etish Sahifani ulashish
29.01.2025 264 Yangiliklar

Bugun, 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov Turkiya Respublikasi Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston tashqi ishlar, iqtisodiyot/savdo va transport vazirlarining 2-uch tomonlama uchrashuvida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

 

Uchrashuvda vazirlar kun tartibidagi mavzular, jumladan, tashqi siyosat va mintaqaviy hamkorlik, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy transport tarmoqlarini rivojlantirish orqali transport kommunikatsiyalari sohasida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan so‘z yuritdilar.

 

Turkiya – Ozarbayjon – O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo/iqtisodiyot va transport vazirlarining 2-uch tomonlama uchrashuvining yakuniy hujjati bo‘lgan Anqara deklaratsiyasi qabul qilindi va imzolandi.

 

Mazkur deklaratsiyada transport va mintaqaviy aloqalar sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi belgilangan.