Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
21.05.2020 10781 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari D.Dehqonov va “Turkmanavtotransport” Agentligi raisining o‘rinbosari J.Garaev shuningdek, ikki mamlakatning temir yo‘l va tegishli idora hamda tashkilotlari rahbarlari ishtirokida videokonferentsiya aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari, ushbu yo‘nalishdagi mavjud muammolar xususan, koronavirus pandemiyasi sabab amaliyotga joriy etilayotgan cheklov choralari muhokama qilindi.

“Turkmanavtotransport” Agentligi raisining o‘rinbosari J.Garaev Turmaniston tomoni koronavirus infektsiyasining mamlakatga kirib kelishi va qo‘shni respublikalar hududiga tarqalishining oldini olish yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Ayni paytda Turkmaniston chegaralarini kesib o‘tuvchi poyezd va yuk mashinalari uchun Turkmanboshi, Serxetyak, Garabogaz, Farap, Imamnazar va Serxetabat chegara punktlarida jami 6 ta dezinfeksiyalovchi tunnellar tashkil etilgan.

“Joriy oy oxiriga qadar Saraxs chegara-o‘tkazish punktida Eron tomoni bilan hamkorlikda dezinfeksiya-fumigatsiya moslamalarini foydalanishga topshirishni va ushbu chegara-o‘tkazish punkti orqali avtomobil va temir yo‘l aloqalarni ochishni rejalashtiryapmiz”,-dedi J.Garaev.

O‘zbekiston tomoni Eron va Turkmaniston o‘rtasida temir yo‘l va avtomobil yo‘llari orqali transport aloqalarining tezroq tiklanishi barcha tomonlar uchun manfaatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari D.Dehqonov mamlakatlar o‘rtasida yo‘lovchilar tashishni tashkil etish yo‘nalishidagi ishlarni faollashtirishni taklif qildi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar  O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron - Ummon transport yo‘lagining barcha ishtirokchilari bilan Ashxobod bitimi bo‘yicha ishlarni faollashtirishga ham kelishib oldilar.