Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘l qurilishi loyihasi muhokama qilindi

Chop etish Sahifani ulashish
03.05.2021 6469 Yangiliklar

 

“O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy” temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhining videokonferensaloqa shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qirg‘iziston tomonidan Transport, arxitektura, qurilish va kommunikatsiyalar vaziri G.Abdraliyeva, Xitoy tomonidan Islohotlar va rivojlanish bo‘yicha davlat qo‘mitasining Chet el kapitali va xorijiy investitsiyalar departamenti bosh direktori o‘rinbosari Ch.Chiping, O‘zbekiston tomonidan esa Transport vaziri o‘rinbosari A.Mo‘minov ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Xitoy tomonidan taqdim etilgan loyihani moliyalashtirish modeli, yo‘nalish marshruti va dala tadqiqqotlarini kelishish, 2021 - yilga mo‘ljallangan uch tomonlama tadbirlar rejasini ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida tomonlar mazkur loyihani moliyalashtirish masalasini hal qilishda umumiy konsensusni topish va birinchi navbatda temir yo‘l qurilishi yo‘nalish marshrutlarini aniqlash zarurligini qayd etishdi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashgach, texnik ishchi guruhi bilan kelishgan holda temir yo‘l marshrutini muvofiqlashtirish hamda dala tadqiqot ishlarini o‘tkazish ma’lum qilindi.