O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin bilan uchrashdi.
Tomonlar tranzit va transport sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, xususan, yuk tashish hajmini ko‘paytirish, temir yo‘l va avtomobil transportini rivojlantirish, yirik qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni muhokama qildilar.
Ikki mamlakat strategik hamkorligi bugun barcha sohalarda, jumladan, tranzit va transport sohasida jadal rivojlanmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro savdo hajmini oshirish uchun transport-logistika salohiyatini oshirish choralarini ko‘rmoqda.
2021- yil yanvar-may oylarida tovar aylanmasi 46 foizga oshdi va 1, 5 milliard dollarni tashkil etdi. Qozog‘istonning O‘zbekistonga eksporti 58,4 foizga o‘sdi. Pandemiyaga qaramay, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashishning barcha turlari ko‘paygan.
Faqatgina 2021-yilning birinchi choragida konteyner tashuvlari 2020-yilning shu davriga nisbatan 57 foizga o‘sib, 233, 9 ming YFEga yetdi. Joriy yilning 6 oyida avtomobil transportida yuk tashish hajmi 18 foizga o‘sdi va 1, 3 million tonnani tashkil etdi.
Tomonlar shu yilning 29 - iyulidan haftasiga ikki marta yangi «Aqtobe – Nukus» reysini ochishga kelishib oldilar. Ayni paytda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida haftasiga 32 reys mavjud.
Uchrashuv davomida tomonlar yirik qo‘shma infratuzilma loyihalarini amalga oshirish - «Darbaza – Maqtaaral» yangi temir yo‘l liniyasini qurish, «Turkiston – Chimkent – Toshkent» tezyurar magistral yo‘lini qurish va boshqa rejalarni muhokama qildilar.