Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Toshkent–Andijon” pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish

Chop etish Sahifani ulashish
22.01.2025 696 Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi  orqali “Toshkent–Andijon” (1-bosqich)  pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish loyihasini (“Loyiha”) amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyihaning 1-bosqichi umumiy uzunligi  171 kmni tashkil etib, Toshkentdan Angrengacha boʻlgan avtomobil yoʻli va Qamchiq dovonini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatishni oʻz ichiga oladi. Loyiha konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2025-yil 21-yanvarda tasdiqlandi.

 

Jahon banki ko‘magida “Arup and Partner’s” (Buyuk Britaniya), “PWC” va “CMS Cameron” (Buyuk Britaniya) konsultantlar konsorsiumi Hukumat tomonidan xususiy sherikni tanlashga yordam berish uchun Loyihaning maslahatchisi sifatida jalb qilingan.

 

Hukumat tenderda gʻolib boʻlgan ishtirokchini tanlov asosida tanlash va uzoq muddatli DXSh bitimini imzolashni rejalashtirmoqda. Tender DXSh toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda xususiy kompaniyalar dastlabki malakalashdan oʻtish uchun hujjatlarini topshiradi. Ikkinchi bosqichda dastlabki saralashdan oʻtgan kompaniyalar Loyiha boʻyicha texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etadilar.

 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi yo‘l qurilish sohasida DXSh loyihalarida tajribaga ega boʻlgan barcha qiziquvchilarni 2025-yil 21-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga qadar dastlabki malakani saralash bosqichi uchun hujjatlarini topshirishga taklif etadi.

 

Ariza topshirish boʻyicha koʻrsatmalar va malaka talablari haqida batafsil maʼlumot olish uchun dastlabki malaka soʻrov (RFQ) hujjatiga murojaat qiling. RFQ hujjati ushbu sahifaning oxirida ilova qilinadi va soʻrov boʻyicha ham joʻnatilishi mumkin.

 

Loyiha maʼlumotlar bazasiga kirish (VDR), dastlabki malaka hujjatlarini topshirish hamda Loyiha va RFQ boʻyicha har qanday aniqlik kiritish uchun quyidagi aloqa maʼlumotlari orqali “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi” va “Arup and Partner’s” (Buyuk Britaniya), “PWC” (O‘zbekiston) va “CMS Cameron” (Buyuk Britaniya) konsultantlar konsorsiumi bilan bogʻlaning.

 

 

Arup, PwC va CMS konsorsiumi — Loyihaning bosh maslahatchisi

uz_tar_tender@pwc.com

 

 

 

 

 

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

avtoyul_invest@uzavtoyul.uz

Telefon: +998-71-268-9708

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamenti

dxshtender@imv.uz

Telefon: +998-71-203-5050 (ichki raqam 01921)