Bugun O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida transport sohasidagi munosabatlar tobora chuqurlashib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.
Joriy yilning 3-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Latviya transport va logistika sohasidagi ishbilarmonlar yig‘ilishi doirasidagi tadbirlar davomida ikki mamlakat transport vazirliklari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan qator kelishuvlarga erishilgan edi.
Ushbu kelishuvlarga muvofiq ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va hududiy transport boshqarmalari mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh Latviya Respublikasida bo‘lib turibti.
Hududlarda transportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Xujanov boshchiligidagi delegatsiya ishchi safari davomida transport tizimini rivojlantirishda Latviya tajribasi bilan yaqindan tanishmoqda.
23-noyabr kuni ishchi guruh vakillari Latviya transport vazirligi davlat kotibi o‘rinosari Uldis Reymanis bilan uchrashdi. Uchrashuvda hududlarda shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirish, intellektual transport tizimlarini mahalliy sharoitda qo‘llash bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.