Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi jamoasi donorlik aksiyasida faol ishtirok etdi

Chop etish Sahifani ulashish
04.12.2024 428 Yangiliklar

Donorlik sharafli yordam, mislsiz savob va xayrli tadbirdir. Ba’zida kimdir uchun bir tomchi qon yangi hayotni baxsh etadi.

 

3 dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida Respublika qon quyish markazida o‘tkazilgan navbatdagi beg‘araz donorlik aksiyasida Transport vazirligi hamda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari faol ishtirok etishdi.

 

Mazkur aksiyani tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemor bolalarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iboratdir.