Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi tizimiga ishga kirish ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
16.12.2022 4354 Yangiliklar

 

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Transport vazirligi va uning tizimidagi mavjud vakant lavozimlarni malakali kadrlar bilan to‘ldirish faqat ochiq tanlov orqali amalga oshirilmoqda.

 

2022-yil davomida vazirlik markaziy apparatidagi mavjud vakant lavozimlarga o‘tkazilgan ochiq tanlovlarning 33 nafar g‘olibi bilan mehnat shartnomlari tuzildi.

 

Davlat fuqarolik xizmatidagi bo‘sh lavozimlarga qiziqish bildirgan har bir jismoniy shaxs mazkur tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishi, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishi zarur.

 

Tanlovlar 3 bosqichda o‘tkaziladi:

 

- nomzodlarning arizalarini malaka talablari bo‘yicha saralash;
- test sinovi;
- suhbat bosqichi.

 

Tanlovlarning ochiq va shaffof hamda barcha uchun tenglik tamoyili asosida o‘tishini Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi nazorat qiladi.

 

Bugungi kunda vazirlikda mavjud 3 ta vakant lavozim uchun ochiq tanlov jarayonlari suhbat bosqichi amalga oshirilmoqda.