Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Transport vazirligi va “Uzbekistan Airports” AJ rahbariyati O‘zbekistonda havo transporti sohasida sayyohlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini o‘rganmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
08.07.2021 5826 Yangiliklar

 


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining topshirig‘iga asosan, transport vazirining maslahatchisi boshchiligidagi ishchi guruh va “Uzbekistan Airports” AJ ning qator rahbarlari kelayotgan yo‘lovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish va havo transporti sohasida xizmat ko‘rsatish sifatini o‘rganish maqsadida, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga tashrif buyurishdi.

So‘rovnomada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va chet ellik sayyohlar ishtirok etishdi. Respondentlar aviachiptalarni sotib olish uchun onlayn xizmatning qulayligi va samaradorligi hamda onlayn parvozlar jadvalining aniqligini ta’kidladilar.

Shu bilan birga, so‘rovnoma ko‘rsatganidek, aviachiptalarni sotib olishning eng ommabop usuli aviakassalar hisoblanadi. Bundan tashqari, so‘rov ishtirokchilari ma’lumot xizmati va parvozlar to‘g‘risida ma’lumotni o‘z vaqtida taqdim etish darajasini yuqori baholadilar. Shuni ham ta’kidlash joizki, sayyohlar samolyot bortida tozalik darajasi va keytering xizmati (oziq-ovqat bilan ta’minlash) to‘g‘risida a’lo darajadagi sharhlar qoldirishdi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilar xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berishdi, xususan, mahalliy “duty free” da mahsulotlar turini ko‘paytirish va aeroport xodimlarining chet tillarini bilish darajasini oshirish masalalari ko‘tarildi.

Transport Vazirligi havo transporti sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan bog‘liq onlayn so‘rovnoma o‘tkazilayotganini yana bir bor eslatib o‘tadi. So‘rovnomada ishtirok etishni xohlovchilar quyida keltirilgan QR-kodlar orqali unda qatnashishi mumkin: