Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

“Urganch xalqaro aeroportini DXSh modeli bo‘yicha modernizatsiya qilish va boshqarish" loyihasi tenderining RfQ bosqichi yakunlanganligi to‘g‘risida XABARNOMA

Chop etish Sahifani ulashish
09.12.2024 758 Yangiliklar

“Uzbekistan Airports” AJ O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda, “Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish” bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik (“DXSh”) loyihasi to‘g‘risida 2024-yil 1-avgustda e’lon qilingan tenderning malaka oshirish so‘rovi bosqichi (RfQ) yakunlanganligini e’lon qiladi.

 

Barcha taqdim etilgan takliflar puxta o‘rganib chiqilganidan so‘ng, Idoralararo tender komissiyasi tomonidan RfQ bosqichidan o‘tgan ishtirokchilar ma’qullandi.

 

Ushbu bosqichda jami 8 nafar kompaniya ishtirok etgan bo‘lib, ulardan 5 tasi keyingi bosqich – g‘olib aniqlanadigan Takliflar so‘rovi (RfP) bosqichiga saralab olindi.