Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

«Uzbekistan Airways» qishki ta’til oldidan talabalar uchun chegirma e’lon qildi

Chop etish Sahifani ulashish
10.12.2024 638 Yangiliklar

Aviakompaniya o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2024-yil 23-dekabrdan boshlab, 2025-yil 7-yanvargacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 % chegirma e’lon qildi.

 

Chegirma davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.



50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.